Xizmat vaqtida uxlab qolgan YPX xodimi işdan böşatildi

Xizmat vaqtida uxlab qolgan YPX xodimi işdan böşatildi

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi ijtimoiy tarmoqda “Toşkentda uyqudagi GAI” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotganligi böyiça maʼlumot berdi.

Maʼlum bölişiça, ötkazilgan xizmat tekşiruviga köra, Toşkent şahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jöraqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar ötkazilganligiga qaramasdan öziga tegişli xulosa çiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, masʼuliyatsizligi sabab Içki işlar vazirining ayrim meʼyoriy buyruği talablarini buzgan.

Şu uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Içki işlar organlarida xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizom”ning 144-bandi, “k” kiçik bandiga (içki işlar organi xodimining şaʼniga putur yetkazuvçi xatti-harakatlar sodir etganligi) muvofiq içki işlar organlaridan böşatilişi, şuningdek, uşbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanişi böyiça xulosa qilindi.

×