Qaşqadaryoda YPX xodimi kamera kötargan olomon qurşovida qolib ketdi. Xodim jarimaga tortilgan (video)

Qaşqadaryoda YPX xodimi kamera kötargan olomon qurşovida qolib ketdi. Xodim jarimaga tortilgan (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi olomon qurşovida qolib ketgani aks etgan videoyo zuv tarqaldi. Videoxabarlarda voqea Qaşqadaryoning Çiroqçi tumanida bölgani, YPX xodimi mast ekani, odamlar uning jazolanişini talab qilayotgani bildirilgan.

Uşbu holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB tomonidan «Daryo»ga taqdim etilgan axborotda taʼkidlanişiça, voqea 11 yanvar kuni tuşdan söng, Çiroqçi tumanidagi «Mikrokreditbank» binosi oldida yuz bergan.

Maʼlum bölişiça, Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori katta serjant Nasibali Yarmatov «Mikrokreditbank» binosi röparasida örnatilgan 3.27 («Töxtaş taqiqlangan») yöl belgisiga amal qilmay töxtab turgan Labo haydovçisi Ş.N.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzib (haydovçining oldida hujjatlari bölmagan), maşinani jarima maydonçasiga joylaştirişga qaror qilgan.

Katta serjant Yarmatov qoidabuzar haydovçining Labo’sini jarima maydonçasiga olib ketiş oldidan özining 878 raqamli Spark’ini, majburiy töxtaş çiroqlarini yoqib, «Mikrokreditbank» röparasidagi 3.27 yöl belgisining taʼsir doirasida qoldirib ketgan. U jarima maydonçasidan qaytib kelgaç, Labo’ning egasi YPX inspektoridan öziga özi maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirişni talab qilgan.

«Çiroqçi tumani IIO FMB YHXB boşliği kapitan F.Yangiboyev tomonidan katta serjant Nasibali Yarmatovga Yöl harakati qoidalarining 7-bandida körsatilgan qoidabuzarlikni sodir etganligi uçun UZ-19-seriyali 70-263256-raqamli maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekşiruv ötkazilmoqda», — deyiladi viloyat IIB axborotida.

Viloyat IIB axborotida voqea yuz bergan vaqtda katta serjant Yarmatovning mast bölgan-bölmaganligiga aniqlik kiritilmagan.

×