Rasmiy xabar: YPX xodimi xizmat maşinasida piyodani bosib ketdi

Rasmiy xabar: YPX xodimi xizmat maşinasida piyodani bosib ketdi

Internet tarmoğida tarqalayotgan xabarga köra, Toşkent şahar IIBB xodimi öz avtomobilida harakatlanib borgayotganida YTH sodir bölgan, uning natijasida jabrlangan piyoda esa hayotdan köz yumgan. Uşbu xabar haqiqatdan yiroq ekanligini maʼlum qilamiz.

12-sentyabr kuni taxminan soat 8.00 da Çilonzor tumani Bunyodkor köçasida YPX inspektori kiçik serjant B.K. “Lasetti” rusumli xizmat avtomobilida öz xizmat vazifalarini bajariş davomida, belgilanmagan joydan yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada xodim boşqaruvni yöqotib, yöl çetida turgan, 48 yoşli Zafar U.ga tegişli bölgan “Lasetti” rusumli avtomobilga töqnaşgan.

YTH natijasida 46 yoşli Zafar A. tan şikastlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda şifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholamoqdalar.

Uşbu fakt böyiça IIBB xodimiga nisbatan olib borilayotgan xizmat tekşiruvi davomida YTH sababi aniqlanadi.

Hurmatli haydovçi va piyodalar! Yöl harakati qoidalariga rioya qiling. Unutmang: sizning harakatlaringiz sababli yöl harakatining boşqa iştirokçilari hayoti va soğlişiga zarar yetişi mumkin.

×