UzAuto Motors işlab çiqargan maşinalarni çetdan olib kirişda boj tölovini bekor qiliş taklif etilmoqda

UzAuto Motors işlab çiqargan maşinalarni çetdan olib kirişda boj tölovini bekor qiliş taklif etilmoqda

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomaşinalarni çetdan olib kirişda boj tölovlarini bekor qiliş haqida petitsiya eʼlon qilindi.

«Özimizda işlab çiqarilayotgan yengil avtotransportlar eksport qilingandan söng öşa avtomobillarni yurtimizga qayta olib kirişda boj tölovlarini bekor qiliş maqsadga muvofiq. Xorijda işlab çiqarilgan (inomarkalar) avtomobillarga boj tölovlari özgarmasdan qolaversin», — deb yozgan murojaat muallifi.

Qayd etilişiça, taşqi bozor narxida Özbekiston avtomobillarini sotib oliş pul aylanmasini bir neça marotaba oşiradi. Xalq arzon narxlarda avtomobillarga ega böladi. Bundan taşqari, milliy mahsulotni xarid qiliş körsatkiçi ham ortadi.

«Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda UzAuto Motors AJ tomonidan işlab çiqarilayotgan yengil avtomaşinalarni çetdan olib kirişda boj tölovlari bekor qilinişini taklif qilamiz», — deyiladi petitsiyada.

Eslatib ötamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9 mart kuni özi işlab çiqarayotgan (yiğayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyasiga qarab 3 foizdan 21 foizgaça oşirgan edi. Narxlarning bu qadar keskin oşişi xalq orasida keskin noroziliklarni keltirib çiqargandi.

Hatto Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomaşinalar narxini oşirganini keskin qoralab çiqqan, Şavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oşirilganini tanqid qilgandi. Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi esa UzAuto Motors AJ yengil avtomobillar narxlarini oşirgani yuzasidan bayonot beriş bilan çeklangan.

×