Navröz bayramini 10 kun nişonlaş taklif etilmoqda

Navröz bayramini 10 kun nişonlaş taklif etilmoqda

Qozoğistonda Navröz bayramini 10 kun nişonlaşmoqçi. Tengrinews’ning xabar berişiça, Navröz bayramini nişonlaş kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan.

Hujjatga köra, uşbu bayramni 14 martdan 23 martgaça nişonlaş taklif etilmoqda:

  • 14 mart — Tabriklar kuni;
  • 15 mart — Tabiat kuni;
  • 16 mart — Ajdodlar xotirasi va duolari kuni;
  • 17 mart — Tarix kuni;
  • 18 mart — Hayrli işlar kuni;
  • 19 mart — Sport va mahorat kuni;
  • 20 mart — Donolik va bilim kuni;
  • 21 mart — Milliy taomlar kuni;
  • 22 mart — Xalqning uluğ kuni;
  • 23 mart — Ehtirom kuni.

«Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Töqayev ‘Mustaqillik — eng aziz neʼmat’ maqolasida Navröz bayramini nişonlaş kontseptsiyasini işlab çiqiş va bahor bayrami mazmunini boyitişga körsatma berdi. (…) Navröz bayramining asosiy maqsadi — Qozoğiston zaminida tinçlik va döstlikni mustahkamlaş, milliy özikni saqlaş, oilaviy qadriyatlarni ommalaştiriş, atrof-muhitga oqilona munosabatni şakllantiriş», — deyiladi hujjatda.

×