“UzAuto Motors” ONIX va boşqa yangi modellarni işlab çiqaradi

“UzAuto Motors” ONIX va boşqa yangi modellarni işlab çiqaradi

Avvalroq, "UzAuto Motors” kompaniyasi yangi Traiblazer, Equinox, Traverce, Tahoe avtomobillarini namoyiş etgani va narxlarini eʼlon qilgani haqida xabar bergan edik.
                     
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 26 dekabr kuni “UzAuto Motors” kompaniyasi avtomobil işlab çiqariş hajmi böyiça rekord natija qayd etgan.

2019 yilda kompaniya tomonidan 250 ming dona avtomobil işlab çiqariş rejasi qöyilgan bölişiga qaramay, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda 271 098 dona avtomobil işlab çiqarilgan. 2018 yilda uşbu körsatkiç 220 ming donani taşkil qilgandi.  

Xabarga köra, “UzAuto Motors” 2020 yilda xaridorlarga yagona platformadagi ONIX va boşqa yangi modellarni işlab çiqarişni yölga qöyiş loyihasi böyiça saʼy-harakatlarni boşlab yuborgan. 2020 yil davomida uşbu avtomobilni yangi platformada işlab çiqariş jarayoniga tayyorlaş maqsadida korxonada sozlaş işlari olib borilmoqda. Şu sabab korxonada işlab çiqariş jarayoni 6 yanvargaça vaqtinça töxtatilgan.

“Şu munosabat bilan kelayotgan 2020 yilda yangi modellarni özlaştiriş doirasida işlab çiqariş jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilişi kutilmoqda. Biroq bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni öz muddatida yetkazib berilişiga tösqinlik qilmaydi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Maʼlumot uçun, kompaniya yaqinda taqdim etgan yangi avtomobillarning eng arzoni 225 652 174 sömdan boşlanib, eng qimmatining narxi 691 304 348 söm deb eʼlon qilingan edi.

Şahnoza Töramurotova

×