Joriy yilning 7 may kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida prezident Ş.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan boğliq vaziyat yaxşilanib, ijobiy tomonga özgarib borişi bilan, hududlarni toifaga ajratişni tuman va şaharlar darajasida belgilaş taʼkidlangandi.
Şu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yiğilişi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infektsiyasi tarqaliş holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolaniş (soğayiş) dinamikasi holatidan kelib çiqqan holda, respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan eʼtiboran TUMAN VA ŞAHARLAR DARAJASIDA toifalarga ajratiladi.
Bunda:
- «sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infektsiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (şaharlar) «yaşil» toifaga kiritiladi;
- «yaşil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (şahrida) koronavirus infektsiyasi aniqlanadigan bölsa, butun viloyatning toifasini özgartirmagan holda, tegişli tumanning (şaharning) özi «qizil» toifaga ötkaziladi.

Toşkent şahrini «qizil», «sariq» va «yaşil» toifalarga ajratiş epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oşirilişi mumkin.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi koronavirus infektsiyasining tarqaliş holatining har bir tuman (şahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolaniş (soğayiş) dinamikasi holatidan kelib çiqqan holda, tuman (şahar)larning toifasini özgartiriş yuzasidan doimiy ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Tuman va şaharlarda ularning toifasidan kelib çiqqan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri uçun amalga oşirilişi nazarda tutilgan faoliyat turlariga ruxsat beriladi.
Muayyan tuman (şahar) «qizil» toifaga ötkazilganda, tegişli hudud (Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar) toifasidan qatʼi nazar uşbu tuman (şahar)da «qizil» toifa uçun nazarda tutilgan barça karantin çeklovlari töliq joriy etiladi.
- «Yaşil» va «sariq» toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi;
- bunda uşbu majmualarning attraktsion, köngiloçar, ovqatlaniş bölinmalari, kinoteatr va öyin maydonçalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.
Yönalişsiz taksilarda yölovçi taşişga hamda sartaroşxona (gözallik salonlari) faoliyat yuritişiga faqatgina Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri kesimida «yaşil» va «sariq» toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.
Agarda muayyan hudud «qizil» toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (şahar)lar «sariq» va «yaşil» toifalarga kirgan taqdirda, uşbu tuman (şaharlar)da yönalişsiz taksilarga yölovçi taşişga hamda sartaroşxona (gözallik salonlari) faoliyat yuritişiga yöl qöyilmaydi.

Tuman (şahar)larni tegişli toifalarga ajratgan holda bosqiçma-bosqiç bekor qilişda quyidagi talablar saqlab qolinadi:
- ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlaş, 3 kişidan ortiq yiğilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanişi;
- taʼlim taşkilotlari (boğça, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boşqalar), öquv kurslari faoliyatini yölga qöymaslik;
- köngiloçar obʼektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oşxona, çoyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari faoliyatiga yöl qöymaslik;
- barça turdagi ommaviy tadbirlar — kontsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kişidan köp bölmagan hollar bundan mustasno) ötkazmaslik;
- jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
- dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boşqa yirik dökonlar) kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş hamda har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37 S va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik çoralarini köriş;
- barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan taʼminlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritişini taʼminlaş uçun birinçi rahbarlar şaxsan masʼulligi;
- quriliş-taʼmirlaş işlarida obʼektlarning hududi töliq karantinga olinişi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari bilan birgalikda obʼektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oşirilib borilişi. Bunda, uşbu taşkilotlarning faoliyat olib boriş davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qilişi, öz faoliyatini faqatgina tegişli obʼekt hududi doirasida taşkil etişi.
Öz navbatida, «qizil» toifaga kiruvçi hududlarda karantin çeklovlari talablarini bajarmaslik, şuningdek «yaşil» va «sariq» toifaga kiruvçi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini örnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oşiriş tegişli javobgarlikka sabab böladi.









