Özbekistonda 6 va undan köp kişi istiqomat qiluvçi xonadonlar soni köpçilikni taşkil qilmoqda. Bu haqda uy xöjaliklari tanlama kuzatuvlari asosida Davlat statistika qömitasi maʼlum qildi.
Unga köra, 2021 yilning yanvar—sentyabr oylarida uy xöjaliklari aʼzolarining soni böyiça:
- bir kişilik — 2,6 foiz;
- ikki kişilik — 6,3 foiz;
- uç kişilik — 10,8 foiz;
- tört kişilik — 18,6 foiz;
- beş kişilik — 23,4 foiz;
- olti va undan köp kişilik — 38,3 foizni taşkil qildi.
Avvalroq qömita Özbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga köra jami 8 871 412 ta oila mavjudligini hamda qaysi viloyatdagi oilalar eng serfarzand ekanligini maʼlum qilgandi.









