Koronavirus haqida eng keng tarqalgan fakt öz isbotini topmadi

Koronavirus haqida eng keng tarqalgan fakt öz isbotini topmadi

Qölqoplar koronavirusdan himoya qilmaydi. Aksinça, ular boşqa kasalliklarni yuqtirişga yordam beradi.

Seçenov universitetining mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vitaliy Zverev bu haqda “Interfaks”ga bergan intervyusida aytib ötdi.

“Sirtlarda virus yöq. U qöl bilan yuqmaydi. Uşbu mavzu böyiça jiddiy tadqiqotlar ötkazilgan. Qölqop sabab odamlarda dermatit yuzaga kelişi mumkin. Qöllar bizning himoyamiz, tuğma immunitet reaktsiyasining bir qismidir”, - deydi Zverev.

Uning sözlariga qaraganda, odam qöllarini yuziga olib kelganida, "qölqopdan köra qöziqorin kasalliklariga çaliniş ehtimoli ança past böladi". Mikroorganizmlar qöllarda öladi, ammo qölqopda yaşay oladi.

“Niqoblarga kelsak, ularni köçada emas, balki metroda, transportda taqiş kerak”, deb maslahat bermoqda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi.

×