Özbekistonda yöllarni taʼmirlaşga 61 trln ajratildi

Özbekistonda yöllarni taʼmirlaşga 61 trln ajratildi

Özbekistonda oxirgi 7 yilda yöllarni quriş va taʼmirlaşga 61 trillion söm ajratildi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça videoselektor yiğilişida maʼlum qilindi.

Yiğilişda oxirgi 7 yilda bu borada köp işlar qilingani taʼkidlandi. Bildirilişiça, yöllarni quriş va taʼmirlaşga 61 trillion söm ajratilgan. Bu 2017 yilgaça berilgan mablağlardan 3,5 barobar köp.

Şuningdek, onlayn murojaat tizimi işga tuşib, yöl harakati xavfsizligi bölinmalariga keliş 50 foizga kamaygan. Bundakn taşqari, 3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planşet va bodikamera olib berilgan. Qoidabuzarliklarni sunʼiy intellekt asosida saralaş va qaror çiqariş amaliyoti joriy qilingan.

Haydovçilik huquqiga imtihon, yöl çiziqlari çiziş, texnik körik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berilgani taʼkidlandi.  Şaharlarda jamoat transporti uçun maxsus yölaklar taşkil qilingani qayd etildi.


×