Ijtimoiy tarmoqlarda internet sifati pastligi sababli öz uyining tomida ötirib onlayn dars ötayotgan öqituvçi videosi tarqaldi.
Video muallifi narvon orqali uy tomiga kötarilib, soyabon tutib olib noutbuk va darsliklarni oldida dars ötayotgan ayolni körsatadi.
«Internet yaxşi, lekin ertalabdan keçgaça tomda ötirib ham bölmaydi-da. Dars ötayapman… Internet bunaqa böladigan bölsa, men kasal bölib qolaman. Ertalabdan keçgaça mana şu yerda ötirsam», — deydi öqituvçi.
Özbekiston Xalq taʼlimi vazirligi «Gazeta.uz»ga öqituvçining Farğona viloyati Yöldoşobod şahar posyolkasi «Navröz» mahallasida, Marğilon şahridan 15 km masofada yaşaşini maʼlum qildi.
Hozirda biz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan işlamoqdamiz. Bilamiz, öqituvçi Farğona viloyatidan. Aniq joyini aniqlaganidan söng AKT vazirligi vaziyatni örganib, internet bilan boğliq muammoni bartaraf etişga yordamlaşadi", — deya xabar qildi XTV.
Vazirlik öqituvçiga öz işiga sadoqati uçun minnatdorçilik ham bildirdi: «Qiyinçilikka qaramasdan, u işlaşda va bolalarga dars berişda davom etmoqda. U bizda fidoyi odamlar işlaşini körsatdi».
Maʼlumot uçun, Speedtest Global Index reytingiga köra Özbekiston mobil internet tezligi böyiça 141 davlat içida 133-örinni egallab turibdi.









