«Tolibon» vakillari Şavkat Mirziyoyevga minnatdorçilik bildirdi

«Tolibon» vakillari Şavkat Mirziyoyevga minnatdorçilik bildirdi

30 noyabr kuni Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev boşçiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Kobul şahriga taşrif buyurib, Afğoniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Xususan, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Taşqi va Içki işlar, Jamoatçilik, Energetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borildi. Mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afğoniston xalqiga insonparvarlik va boşqa yordam körsatiş borasidagi saʼyi-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Afğoniston tomoni Özbekiston taşabbusi bilan boşlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatiş liniyasi va Mozori Şarif-Kobul-Peşovar temir yöli qurilişi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni imkon qadar tezroq boşlaşga tayyorligini tasdiqladi. Bu loyihalar mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga bosqiçma-bosqiç jalb etişning asosiy omiliga aylangan integratsiya va özaro boğliqlikka xizmat qiladi.

Afğoniston Muvaqqat hukumat vakillari Şavkat Mirziyoyevga uşbu sinovli damlarda afğon xalqini faol qöllab-quvvatlayotgani, mamlakatda tinçlik va osoyiştalik örnatilişiga körsatayotgan yordami, yangi hukumat tomonidan afğon zaminida tinçlik va barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan qaratilgan saʼy-harakatlari uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afğoniston vakillari Özbekiston tomonini Özbekiston va mintaqaning boşqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga zarraça tahdid ham heç qaçon uşbu davlat hududidan kelmasligiga işontirdi.

Afğonistonning yangi hukumati Özbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alişer Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (Ğazna) va Boborahim Maşrab (Tahor) qönim topgan maskanlarda obodonlaştiriş işlarini olib borişga tayyorligini bildirdi. Mamlakat maktablari va oliy öquv yurtlarida özbek tilini örganişga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

×