Toşkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 21 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 6 nafar, jami 27 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlar butunlay soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Endilikda Toşkent şahrida töliq soğayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga yetdi, deya maʼlumot berdi SSV matbuot xizmati.
Şunday qilib, bugun jami 119 nafar bemor tuzalib, yurtimizda koronavirusga çalingan bemorlar soğayişni boşlagan kundan buyon ötgan vaqt içida eng yuqori körsatkiç qayd etildi. Ayni paytda mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar 1775 nafarni taşkil etmoqda.
Koronavirus infektsiyasi aniqlanganlar soni 2324 nafarni taşkil qilib, soğaygan va vafot etganlardan taşqari, jami 539 nafar bemor davolanmoqda.
Manba: Xabar.uz









