Toşkentda koronavirusdan ölim holati qayd etildi. SSV buni eʼlon qilmadi

Bugun, 16 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği Malika Qudratxöjayeva Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining öttiz oltinçi sessiya iştirokçilari qarşisida maʼruza qilgan.

Mutaxassis keltilgan maʼlumotlarga köra, poytaxtning uçta tumanida karantin qoidalariga masʼuliyatsizlik bilan yodoşiş kasallikning keng tarqalişiga olib kelgani haqida  xabar berildi.

Uşbu maʼlumotlar orasida bir fakt eʼtiborimizni tortdi.

Malika Qudratxöjayevaning qayd etişiça, 2021 yilning 5 mart kuni Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan taʼlim muassasasi tarbiyaçisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi şifoxonaga koronavirus infektsiyasi taşxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan. 9 mart kuni janoza paytida mazkur taʼlim muassasasining bir neça xodimlari iştirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvçilarining soğliğini xavfga qöygan.

Eʼtiborlisi, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni, tuzalganlar va vafot etganlar haqida kunlik statistika eʼlon qilib turadigan Soğliqni saqlaş vazirligi mart oyida birorta ölim holati haqida maʼlumot bermagan!

SSV statistikasida koronavirusga çalingan bemor vafot etgani haqidagi maʼlumot sönggi marta bir oy muqaddam — 10 fevralda berilgan. Öşanda kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga yetgani qayd etilgan.

×