Koronavirus: Bugun 4 ölim va 485 ta yangi holat qayd etildi

Bugun, 16 iyul kuni Özbekistonda 485 holatda kasallik qayd etildi. Şundan 97 nafari Karantin muassasalarida, 349 nafari koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida aniqlandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Şu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toşkent şahrida, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Xorazm hamda Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 128 nafar bemor soğaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 15066 nafar bemordan 8783 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 58 foizni taşkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6208 nafar bemordan 58 nafari oğir, 7 nafari esa öta oğir ahvolda. 

Hozirda mamlakatda uy karantinida 57 365 nafar, statsionar karantinda esa 21 779 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.

×