Xitoyda bitta bemorni koronavirus bilan davolaşning örtaça narxi taxminan 21,5 ming yuanni (3 ming dollardan ortiq), oğir kasal bölgan bemorni davolaş 150 ming yuanni (21,3 ming dollardan ortiq) taşkil etadi, deydi Xitoy Xalq Respublikasi tibbiy xizmatlarini boşqariş boşqarmasi bölim boşliği Xiong Xianjun.
"6 aprel holatiga köra, koronavirus taşxisi qöyilgan bemorni davolaş qiymati örtaça hisobda 21,5 ming yuanga yetdi. Hozirgi kunda bitta oğir ahvoldagi bemorni koronavirus bilan davolaş qiymati 150 ming yuandan oşadi. Öta oğir bemorlarni davolaş bir neça yuz ming yuanga yetadi, baʼzan esa 1 million yuandan köproq ", dedi Xiong Xianjun.
Şuningdek, u 6 apreldan boşlab mamlakatning barça hududlarida virusga çalingan bemorlarni va şubha ostidagi kişilarni tekşiriş hamda davolaş uçun ketgan umumiy xarajatlar 1,48 milliard yuandan (211 million dollar) ortiq ekanligini, tibbiy suğurta 990 AQŞ dollari miqdoridagi xarajatlarni qoplaşini taʼkidladi.
Şunga qaramay, suğurta pulini kim va qaçon olişi hozirça aniq emas.









