Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakçisi Kim Çen Inning yurak jarrohlik amaliyotini ötkazişi mumkinligini rad etdi. “Yonhap” xabariga köra, bu haqda Milliy razvedka xizmati vakili maʼlum qilgan.
Uning sözlariga köra, KXDR rahbarining soğliği bilan boğliq muammolar bemaʼnilikdan boşqa narsa emas. Razvedka jamoatçiligi vakilining taʼkidlaşiça, Kim Çen Inning jarrohlik amaliyoti ötkazgani haqida heç qanday maʼlumot yöq. Qayd etilişiça, KXDR rahbarining joriy yil boşidan beri ommaviy çiqişlari butun kuzatuvlar tarixida minimal darajaga tuşib qolgani koronavirus tarqalişi bilan izohlanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Kim Çen Inning 12 aprel kungi Oliy Milliy Majlisning yillik majlisida hamda 15 aprel kungi Kim Ir Sen tavalludining 108 yilligi munosabati bilan ötkazilgan marosimda iştirok etmaganligi Ğarbiy va Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarida KXDR rahbarining soğliği bilan boğliq yangiliklarga sabab bölgan edi.
manba: Aniq.uz









