Şimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uçirdi

Şimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uçirdi

Şimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uzoq masofali ballistik raketa uçirdi. Bu haqda Yaponiya va Koreya harbiylari xabar berdi.

“Janubiy Koreya Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi mahalliy vaqt bilan soat 10:00da uçirişni qayd etdi”, deyiladi “Yonhap” agentligi xabarida.

Janubiy Koreya harbiylari Qöşma Ştatlar bilan yaqin hamkorlikda töliq şay holatda ekanini maʼlum qilgan.

Yaponiya Mudofaa vazirligiga köra, raketa 1 soat uçib, suvga qulagan. 

“Avvalroq harbiylar snaryadni mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan taşqariga, 550 km uzoqlikda tuşişini başorat qilgandi”, deyiladi NHK xabarida.

Şuningdek, baliq ovlovçi qayiqlarga halokatni körganlarida yaqinlaşmaslik tavsiya qilingan.

Mudofaa vazirligi qitʼalararo ballistik raketa tik trayektoriya böylab uçirilganini istisno qilmagan.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Boş kotibi Xirokadzu Matsunoning aytişiça, Tokio Pxenyanga keskin norozilik bildirgan.

Umuman olganda, Pxenyan 2023 yil boşidan beri 12 ta ballistik raketa uçirişni amalga oşirdi.


Teglar:
×