KXDRning “Nekoxyan” ayollar futbol klubi Osiyo futbol konfederatsiyasining ayollar Çempionlar ligasi yarim finalida iştirok etiş uçun bu oy Janubiy Koreyaga taşrif buyuradi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Bu Şimoliy Koreya sport jamoasining sönggi 8 yil içidagi ilk taşrifi, ayollar futboli böyiça esa 12 yil içidagi birinçi safar hisoblanadi.
Yarim final uçraşuvi 20 may kuni Suvon şahridagi Suwon Sports Complex stadionida bölib ötadi. Unda “Nekoxyan” klubi mezbon Suwon FC Women jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Agar Şimoliy Koreya jamoasi ğalaba qozonsa, 23 may kuni şu stadionda ötadigan finalga yöl oladi.
Maʼlumotlarga köra, “Nekoxyan” jamoasi Pxenyanda joylaşgan bölib, 27 nafar futbolçi va 12 nafar murabbiylar ştabidan iborat. Klub KXDR oliy ligasining 2021–2022 yilgi mavsumida çempion bölgan.
Sönggi marta KXDR sport jamoasi Janubiy Koreyaga 2018 yilda stol tennisi böyiça xalqaro turnir finali doirasida borgan edi. Ayollar futbol jamoasining oxirgi taşrifi esa 2014 yilda Inxonda ötgan Osiyo öyinlari vaqtida qayd etilgan.









