«Damas» ustida sayr qilganlar sud oldida javob beradigan böldi

«Damas» ustida sayr qilganlar sud oldida javob beradigan böldi

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boşliği kapitan Uluğbek Şukurlayevning «Xabar.uz»ga bildirişiça, «Damas» ustida hayotini xavfga qöyib, özini köz-köz qilgan yoşlar xatti-harakati sudda körib çiqiladi.

Taʼkidlanişiça, ijtimoiy tarmoqlarda havoning issiq kunida 2 nafar öğil bolaning özini köz-köz qilgan holda, yetmaganiga, orqa yönalişdan kelayotgan avtomaşinalar haydovçilariga qöl silkib, oyoqlarini osiltirgan köyi «Damas» avtomaşinasi ust yukxonasi ustida ketayotgani videosi tarqalgan.

Romitan tumani hududidan ötuvçi A-380 avtomobil yölining 236-kilometrida Damas rusumli 80 R 416 WA davlat raqam belgili transport vositasi bilan boğliq bölgan vedeo tasvir böyiça Buxoro viloyati IIB JXX YHXB tomonidan suruştiruv harakatlari olib borilgan.

«Xavflilik darajasini bilib turib, özini köz-köz qilgan holda öz hayotini xavfga qöyib, «Damas» ust temir yukxonasi ustida manzilga qarab borgan yoşlarning xatti-harakatini oqlaş qiyin. Yoşlik – bevoşlikni özi va özgalar hayotini xavfga qöyiş bilan tenglaştirmaslik kerak.Mazkur transport vositasi jarima maydoniga joylaştirildi.Bundan taşqari, haydovçi U.Ş. hamda 20 yigitlar — S.I. hamda J.R.larning xatti-harakati esa sudda körib çiqiladi», — dedi Uluğbek Şukurlayev.

Ayni paytda holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB tomonidan qöşimça suruştiruv harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×