Bugun, 24 oktyabr kuni soat 8:00 dan Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi oldida prezidentlik saylovida ovoz beriş istagidagi özbekistonliklar katta navbat hosil qildi. Diplomatik vakolatxona oldidagi manzara aks etgan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Elçixona xodimlarining taxminiy hisobiga köra, ikki ming çoğli özbekistonlik ovoz beriş uçun kelgan.
Qayd etilişiça, ovoz beriş boşlanişidan avval elçixonada Özbekiston madhiyasi yangaragan. Ovoz beriş jarayoni karantin qoidalariga amal qilgan holda ötkazilyapti.
Avvalroq, Moskvadagi elçixonadan taşqari, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg va Rostov şaharlaridagi respublika konsullik muassasalarida taşkil etilgan saylov uçastkalarida ovoz beriş mumkinligi xabar qilingandi.
Maʼlumot uçun, ovoz beriş soat 8:00 dan 20:00 gaça davom etadi.









