Karantin çeklovlari saqlanib qoladigan sohalar maʼlum qilindi

Karantin çeklovlari saqlanib qoladigan sohalar maʼlum qilindi

Karantin çoralari yumşatilişi doirasida nooziq-ovqat dökonlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, taʼmirlaş, tikuvçilik, maişiy texnika va poyabzal tuzatiş, sartaroşxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Teatr, kontsert va sport zallari, töyxonalar, jamoat transporti böyiça çeklovlar saqlab qolinadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 may kuni karantin şaroitini yanada yengillaştiriş va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklaş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda karantin çoralari saqlab qolinadigan sohalar maʼlum qilindi. 

«Koronavirus töla bartaraf bölmagani sababli, odamlar köp töplanadigan obʼektlar, jumladan, teatr, kontsert va sport zallari, töyxonalar, jamoat transporti böyiça çeklovlar maʼlum muddatgaça saqlanib qoladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Respublika komissiyasiga xizmat körsatiş turlarini qaysi hududlarda va qanday şartlar asosida yölga qöyişni belgilaş topşirildi.

«Epidemiologik vaziyat yaxşilangani sari çeklovlarni bekor qilişni davom ettiramiz. Aksinça, vaziyat yomonlaşsa, karantin çoralarini qayta tiklaymiz», degan Şavkat Mirziyoyev.

Öz navbatida hozirda faoliyati tiklangan sanoat, qişloq xöjaligi va quriliş sohalariga qöşimça ravişda xizmat körsatiş subʼektlari ham bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi belgilandi.  

Jumladan, epidemiologik vaziyat yaxşi bölgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat dökonlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, taʼmirlaş, tikuvçilik, maişiy texnika va poyabzal tuzatiş, sartaroşxonalar faoliyatiga ruxsat beriş kerakligi qayd etildi.

Bundan avvalroq, stikerlar bekor qilinib, şaxsiy avtomobillardan foydalaniş mumkin bölişi xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, mamlakatda epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga özgarayotgani bois 22 apreldan karantin şaroiti bosqiçma-bosqiç yumşatila boşlagan edi.

×