Karantin çeklovlari uzaytiriladi. Prezident maxsus komissiya taklifiga rozilik berdi

Karantin çeklovlari uzaytiriladi. Prezident maxsus komissiya taklifiga rozilik berdi

Ayni daqiqalarda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Tadbir avvalida bugun Özbekiston pandemiyaga qarşi qanday kuraş olib borayotganiga alohida töxtalib ötildi.

Xususan, hozirda COVID-19 yuqtirganlar soni 18 ming 700 nafardan oşgani, vaziyat hamon jiddiy bölib qolayotgani taʼkidlandi.

"Ahvoli oğir bemorlar soni köpayib bormoqda. Koronavirusga qöşimça ravişda pnevmoniya holatlari ham keng tarqalmoqda. Şu sababli, oxirgi 10 kunda 4 ta selektor ötkazib, hokimlar, vazirlar va boşqa mutasaddi rahbarlarga qöşimça davolaş örinlarini taşkil etiş, simptomsiz kasallarni uyda tizimli davolaş, ularni zarur dori-darmon va oziq-ovqat bilan taʼminlaş, tez tibbiy yordam tizimi işini yaxşilaş böyiça tegişli topşiriqlar bergan edim. Bugun hisobotlarni eşitamiz", dedi Prezident.

Şavkat Mirziyoyev hozirgaça amalga oşirilgan işlar haqida söz yuritar ekan, oxirgi kunlarda koronavirusni davolaş uçun qöşimça 46,5 mingta örin ajratilgani, yana 31 mingta örin taşkil etilişi, 397 ta tez tibbiy yordam maşinasi xarid qilingani, bir oy muddatda yana 409 ta maşina joylarga yetkazilişini taʼkidlab ötdi.

Xalqaro va mahalliy tajribani hisobga olib, koronavirusni davolaş strategiyasi va taktikasi yangilandi, dedi Prezident. Tibbiyot oliy öquv yurtlari va kollejlari professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlar va pensiyaga çiqqan mutaxassislar orasidan jami 5 mingta vraç hamda 9 mingta hamşira bemorlarni davolaş va maslahat berişga jalb etildi.

"Şu örinda öz hayoti va soğliğini xavf ostiga qöyib, kasallikka qarşi mardona kuraşayotgan fidoyi şifokorlarimizga har qança rahmatlar aytsak, arziydi. Bugun koronavirus pandemiyasi şaroitida aholi salomatligini muhofaza qiliş va hayotini asraş, yurtimizda infektsiyani jilovlaşda ulkan jasorat va fidoyilik namunalarini körsatgan bir guruh tibbiyot, içki işlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boşqa taşkilotçilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlaş töğrisidagi Farmonni imzoladim", dedi Şavkat Mirziyoyev.

Oldinda bunday mukofotlar köp bölişi taʼkidlandi. Bu kuraşda özini ayamay mehnat qilayotgan barça tibbiyot xodimlari albatta munosib taqdirlanadi.

"Biz pnevmoniyani davolaşda nafaqat özimizning şifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakçi mutaxassislarni konsultatsiya berişga jalb qilyapmiz. Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolaş jarayonlarida bevosita iştirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boşqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qiliş böyiça iş olib boryapmiz", dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentning qayd etişiça, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi örtasida virus zanjirini uziş hisoblanadi. Buning uçun karantin talablariga sözsiz amal qiliş, ularning immunitetini mustahkamlaş, soğligini asrab-avaylaş, har bir insonning hayoti uçun kuraşiş zarur.

Şu munosabat bilan, şuningdek, kasallik yuqtirilişining oldini oliş, ölim holatlarini keskin kamaytiriş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin çeklovlarini uzaytiriş taklifiga rozilik bildirildi.

Bunda “Pandemiyaga qarşi kuraş – har birimizning vijdon işimiz”, “Özim, oilam, farzandlarim soğliği uçun avvalo özim javobgarman”, degan fikrlarni xalq ongiga çuqur singdiriş va amaliy hayot mezoniga aylantiriş lozimligi taʼkidlandi.

Bugun pandemiyani jilovlaşda hokimliklar, sektorlar, soğliqni saqlaş, içki işlar idoralari rahbarlari va xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar zimmasida juda katta masʼuliyat turibdi. Çunki aholining aksariyati, keksalar, bolalar, xotin-qizlar uyda ötirişga majbur. Ularning birinçi galdagi hayotiy ehtiyojlarini taʼminlaş, tegişli tibbiy va boşqa yordam körsatiş aynan ana şu taşkilotlarga va faollarimizga boğliq.

"Barçamiz hamjihatlikda, çuqur masʼuliyat bilan tizimli işlasak, bu oğir sinovlarni albatta yengamiz. Yana bir bor takrorlayman, bugungi kundagi eng muhim talab - barçamiz pandemiya şaroitida yaşaş va işlaşga örganişimiz şart", dedi, jumladan, Prezident Şavkat Mirziyoyev.

×