Karantin çeklovlari qaysi holatda qaytarilişi aytildi

Karantin çeklovlari qaysi holatda qaytarilişi aytildi

Ayni paytda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötmoqda. Unda davlat rahbari pandemiyani jilovlaş doirasida olib borilayotgan işlarga alohida töxtalib, Mustaqillik bayramini bunday şaroitda nişonlaş yuzasidan körsatmalar berdi.

Jumladan, qayd etilişiça, bugunga kelib mamlakatda jami koronavirus yuqtirganlar soni 37,5 mingdan oşdi, şundan 33 mingdan ziyodi yoki 88 foizi soğaydi. 4 mingta bemorni davolaş va oilasi bağriga qaytariş çoralari körilmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bunday natijalar mamlakat tibbiyot xodimlarining buyuk xizmati ekanini alohida aytib ötdi. Vaziyat ayniqsa, Toşkent şahrida ijobiy tomonga özgarayotgani, yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan şifokorlar hududlar örtasida taqsimlangani, Germaniyadan yana mutaxassislar kelişi kutilayotgani qayd etildi. 

“Xorijlik ekspertlar asosan oğir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravişda davolaşga jalb etilmoqda”, deydi Prezident.

Davlat rahbari taʼkidlaganidek, ayni haftalar sinovli davr böladi. Körilayotgan çoralar qançalik natija berişi keyingi haftada ayon böladi.

Lekin, aholi tomonidan şifokorlar tavsiyalariga, yaʼni niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, oilaviy marosimlarni ixçamlaş kabi qatʼiy ehtiyot çoralariga rioya qilinmas ekan, davlat karantin çeklovlarini qaytadan tatbiq qilişga majbur bölişi qayd etildi.

Şu munosabat bilan, har bir kişi pandemiya şaroitida yaşaş va işlaşga, epidemiologik talablarga sözsiz amal qilişga odatlanişi kerakligi yana bir bor taʼkidlandi.

Şu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravişda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalişini qatʼiy çeklaş, bemorlarni samarali davolaş va ehtiyojmandlarga yordam beriş böyiça barça çoralarni körib boriş topşiriği berildi.

×