Özbekistonda öz kuçida qoladigan karantin talablari maʼlum qilindi

Özbekistonda öz kuçida qoladigan karantin talablari maʼlum qilindi

Respublika maxsus komissiyasi 4 iyunga ötar keçasi karantin çeklovlari yengillaştirilişi bilan boğliq qator yangiliklarni eʼlon qildi.

Xabar qilinişiça, barça hududlarda ularning toifasidan qatʼi nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obʼektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlaş, uç kişidan ortiq yiğilmaslik,
  • fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanişi;
  • taʼlim taşkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boşqalar) faoliyatini yölga qöymaslik;
  • köngiloçar obʼektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari faoliyatiga yöl qöymaslik;
  • kontsert, kinoteatr va sport tadbirlarini ötkazmaslik (professional futbol klublari öquv maşğulotlari va Özbekiston professional futbol ligasi çempionatlari bundan mustasno);
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon, quriliş bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boşqa yirik dökonlar) kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş hamda har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37S va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik çoralarini köriş;
  • barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion «töşak»lar bilan taʼminlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritişini taʼminlaş;
  • quriliş-taʼmirlaş işlarida obʼektlarning hududi töliq karantinga olinişi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari bilan birgalikda obʼektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oşirilib borilişi. Bunda, uşbu taşkilotlarning faoliyat olib boriş davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qiliş, öz faoliyatini faqatgina tegişli obʼekt hududi doirasida taşkil etiş.

«Qizil» toifaga kiruvçi hududlarda karantin çeklovlari talablarini bajarmaslik, şuningdek, «yaşil» va «sariq» toifaga kiruvçi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini örnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oşiriş tegişli javobgarlikka sabab böladi.

Ikki yönalişda vaqtinçalik tartiblar tasdiqlandi:

  • Karantin şaroitida umumiy ovqatlaniş obʼektlari faoliyatini taşkil qiliş böyiça vaqtinçalik tartib;
  • Karantin şaroitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan şuğullanayotgan tadbirkorlik subʼektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oşiriş böyiça vaqtinçalik tartib.

Şu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik subʼektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş topşirildi.

Karantin davrida muddati tugaydigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tegişli malaka toifasi berilganligi töğrisidagi sertifikatlarning amal qiliş muddati 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirildi.

×