Özbekiston hududida efirga uzatilişga ruxsat berilgan xorijiy telekanallar röyxati 50 tadan 192 taga kengaytirildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakat hududida tarqatilişiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanal asosida yangi tahrirdagi röyxat işlab çiqilgan. Undan 192 ta telekanal joy olgan.
Uşbu röyxatga ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritişga va yangiliklar tarqatişga ixtisoslaşgan 35 ta, filmlar va seriallar namoyişiga möljallangan 37 ta, “National Geographic Channel” kabi ilm-fan yutuqlarini namoyiş etuvçi ilmiy-ommabop, maʼrifiy yönalişdagi 34 ta, bolalar va ösmirlar auditoriyasiga möljallangan 27 ta, sportga oid mavzularni yoritişga ixtisoslaşgan 20 ta va musiqiy-köngiloçar kontent tarqatuvçi 39 ta xorijiy kanal kiritilgan.
Mazkur röyxatdagi xorijiy telekanallar pulli televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi.
Maʼlumot uçun, xorijiy telekanallarni Özbekiston hududida tarqatiş mualliflik va turdoş huquqlar sohasini tartibga soluvçi milliy qonunçilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegişli şartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi hududida efirga uzatiladigan xorijiy telekanallar röyxati bilan uşbu havola orqali tanişişingiz mumkin.









