2020 yil 4 iyul soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 9500 (+104) nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 36 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 35 nafari Toşkent şahrida (şundan 28 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 25 nafari Toşkent viloyatida (şundan 5 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barçasi xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisi) aniqlangan.
Ayni paytda respublikada 6251 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (65 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatda 3220 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. Ulardan 16 nafari oğir, 8 nafari öta oğir ahvolda, deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.









