Eronning 132 şahrida masjidlar oçiladi

Eronning 132 şahrida masjidlar oçiladi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 132 ta şaharda masjidlar oçilişini eʼlon qildi. Bu haqda bugun, 4 may kuni «Tasnim» agentligi xabar berdi.

Masjidlarga, koronavirus epidemiyasi davom etayotgani uçun, keluvçilar soni çeklanadi va barça ehtiyot çoralar köriladi.

Mamlakatda bungaça şaharlararo qatnovlar oçilib, savdo markazlari işlaşiga ruxsat berilgandi. Eron — koronavirus eng köp qayd etilgan 10 mamlakatning biri.

×