Deputat Sardoba fojiasi haqida: "Bu ahvol bilan AES quriş tugul, hozirça uning yoniga yaqinlaşmay turganimiz maʼqul ekan"

Deputat Sardoba fojiasi haqida: "Bu ahvol bilan AES quriş tugul, hozirça uning yoniga yaqinlaşmay turganimiz maʼqul ekan"

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev Sardoda suv omboridagi töğon buzilişi voqeasi yuzasidan fikr bildirdi.

Darhaqiqat Prezidentimiz aytganlaridek 2020 yil xalqimiz, davlatimiz uçun oğir keldi. Koronavirus pandemiyasi ortidan bir hafta içida avvaliga Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kuçli şamol ofati, bugun esa Sirdaryoda suv omboridagi buziliş oqibatida suv toşqini.

Tabiiy ofatlardan zarar körgan barça hamyurtlarimizga bu oğir kunlarida dardlariga şerik bölib, Allohdan ularga sabr va iroda tilab qolaman, yaratganning özi muşkullarini oson qilsin. Buxoroda kuçli şamol ofatida halok bölgan bir nafar hamyurtimiz oila aʼzolariga esa hamdardlik bildiraman.

Har ikkala holatda ham voqea joyiga davlatimiz rahbari özlari öşa kunni özida yetib borişlari bu ofatlarda zarar körgan odamlar ruhiyatiga katta kuç böldi deb öylayman. Bunday sinovli kunlarda davlat heç kimni yolğiz taşlab qöymasligiga, har bir insonning hayoti, soğligi haqida davlat rahbari şaxsan özi qayğurişiga hammamiz yana bir bor guvoh böldik.

Avvalo hammasi Allohdan, lekin bu ofatlar bizga quriliş sohasidagi kamçiliklarimizni yuzimizga oyna tutgandek yaqqol körsatib berdi. Hududlarda arxitektura, kadastr, umuman qurilişga oid sohalar eng köp korruptsiyaga botqoğiga botganligiga ijro hokimiyatida işlagan paytlarim köp bora guvoh bölganman.

Körinib turibdiki, korruptsiya muammosi koronavirusdan qolişmaydigan balo, millatni kelajagiga bolta uradigan illatdur. Bu illatga qarşi kuraşiş har birimizning burçimizdir. To biz bu baloni yengmas ekanmiz, rivojlangan davlatlar qatoriga qöşiliş haqida gapiriş orzu bölib qolaveradi.

P.S. Yana bir xulosam şu böldiki, quriliş sohasidagi bu ahvolimiz bilan AES quriş tugul, hozirça uni yoniga yaqinlaşmay turganimiz maʼqul ekan.

×