21 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat röy bergan hududlarga taşrif buyurdi hamda suv toşqini bölgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uçraşdi. Suhbat çoğida Özbekiston birinçi xonimi odamlarning ahvoli, salomatligi, vaqtinçalik yaşaş joylaridagi şaroit bilan tanişdi, ularga samimiy sözlar bilan dalda berdi.
“Taşqaridan tuşkunlikka tuşmang, bu kunlar ötib ketadi, deyiş oson. Lekin hozir içingizdan nima ötayotgani faqat sizga maʼlum!
Öğlim boşpanali bölsin deb, özingiz yemay, imorat kötargansiz. Qizimni töyiga deb, özingiz kiymay, sarpo yiqqansiz. Hammasidan xabarimiz bor, kördik, eşitdik.

Eng muqaddas ayyomlardan - Hayit arafasida sizni yöqlaşni, heç bölmasa bir oğiz söz bilan dalda bölişni könglimga tugib qöygandim. Keling, şunday tabarruk kunlarda duoga qöl oçib, ezgu niyat qilaylik. Bu musibatlar, maşaqqatlar tezroq ortda qolsin. Har biringiz oila davrasida halovat va xotirjamlikda yaşang, ilohim.
Alloh xohlasa, hammasi yaxşi böladi. Biz yoningizda turamiz. Butun Özbekiston xalqi siz bilan! Prezidentimiz siz bilan!”, dedi Ziroat Mirziyoyeva sirdaryoliklar bilan uçraşuv çoğida.

Taşrif çoğida "Zamin" fondi va Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi eʼlon qilindi. Uşbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta zarar körgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilmoqda. Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklaş va ulkan quriliş işlari ketayotgan bir paytda aholining böş vaqtini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaş maqsadida yoşi 60dan oşgan barça qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toşkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylaşgan sihatgohlar va dam oliş maskanlariga, 7 dan 14 yoşgaça bölgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi. Yaqin kunlarda taklifnoma-sertifikatlar öz egalariga yetkaziladi.

Karantin talablarini inobatga olgan holda, aktsiyaning barça iştirokçilari oldindan COVID-19 test-tekşiruvidan ötkaziladi. Hamma xavfsizlik çoralari köriladi.
Avvalroq, Ziroat Mirziyoyeva rahbarlik qilayotgan "Zamin" fondi karantin sabab qiyin ahvolga tuşib qolgan 5 ming ayolga beş milliard söm miqdorida yordam pullarini ajratgani haqida xabar bergan edik.












