Namanganda tulki sotuvçisi uşlandi

Namanganda tulki sotuvçisi uşlandi

Bir muddat muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda tulki sotilişi haqida eʼlon berilgan edi. 2020 yil 25 aprel kuni uşbu eʼlon egasi aniqlandi va qölga olindi.

Tulki sotaman deb çiqqan fuqaro Uyçi tumani Xizirobod MFY da yaşovçi Xoşimov Nozimjon bölib çiqdi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Uyçi tumani inspektsiyasi bioxilmaxillik va tabiiy xududlar masalalari böyiça boş mutaxassisi M. Saidov va davlat inspektori O. Boltaboyevlar tomonidan huquqbuzardan tegişli ravişda tuşuntiriş xati olindi, dalolatnomalar töldirilib, çaqiruv xati berildi.

Bir dona tulki bolasi ozodlikka qöyib yuborildi.

×