Namanganda soxta pulfuruşlar uşlandi

Namanganda soxta pulfuruşlar uşlandi

Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Yangiqörğon tumanida yaşovçi 1992 va 1995 yillarda tuğilgan hamda Töraqörğon tumanida istiqomat qiluvçi 1980 yilda tuğilgan uç nafar fuqaro qalbaki 100 AQŞ dollarlik kupyuralardan iborat jami 100 ming AQŞ dollarini haqiqiy 40 ming AQŞ dollariga sotişni rejalaştirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent va Namangan viloyatlari böyiça boşqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxslar qalbaki 80 ming AQŞ dollarini haqiqiy 40 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu qalbaki valyuta xorijda tayyorlangani va turli yöllar orqali mamlakatga olib kirilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×