Namanganda fuqaroga 1,2 gektar yer maydonini 58 200 AQŞ dollari evaziga olib berişni vaʼda qilgan firibgar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Namangan viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, boğdorçilik-uzumçilik şirkati aʼzosi K.U. özi va qöşnisiga tegişli bölgan Toşkent viloyati, Piskent tumanida joylaşgan, jami 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U.ga sotişga kelişib olgan.
Maʼlum bölişiça, K.U. fuqaro U.ga yerni 58 200 dollarga sotişga kelişib, tanişlari yordamida yerga egalik huquqini beruvçi hujjatlarni tayyorlab berişi evaziga oldindan 10 000 AQŞ dollari va 75 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Xabarga köra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









