Namanganda 5 nafar qöli egri ayol uşlandi

Namanganda 5 nafar qöli egri ayol uşlandi

2019 yil 6 oktyabr kuni Namangan viloyati Çust tumanida yaşovçi fuqaro 35 yoşli M.M.ning uyiga öğri tuşdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Jabrlanuvçi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, şu kuni taxminan soat 08:30 dan 17:00 gaça vaqt oraliğida, nomaʼlum şaxslar uning uyiga eşik qulfini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, umumiy bahosi 6.800.000 söm miqdoridagi tilla buyumlarini öğirlab ketganligini maʼlum qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Çust tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, uşbu jinoyatni Namangan şahrida yaşovçi ayollar — 43 yoşli X.Yu., 33 yoşli S.S., 29 yoşli F.K., 27 yoşli G.U. va 21 yoşli M.Yu.lar sodir etganligi aniqlanib, yetkazilgan moddiy zarar tergov jarayonida qoplangan.

Fuqarolar X.Yu. va M.Yu.larga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib sodir etilgan öğirlik), G.U., S.S. va F.K.larga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan öğirlik) bilan ayblov eʼlon qilingan va barçasiga «munosib xulq atvorda böliş töğrisidagi tilxat» ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

×