Xalq taʼlimi vazirligi yangi 2021-2022 öquv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid şaklda davom ettirilişiga tayyorgarlik körayotganini maʼlum qildi.
Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab, maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga asosan mahalliy kengaşlar qarorlariga köra ayrim maktablar karantinga yopilib, masofaviy tizimga ötkazilişi mumkin.
Bunday holatlarda öquvçilar taʼlimni vaqtinça masofaviy şaklda uydan davom ettiradi. Öquvçining masofadan taʼlim olişiga imkoniyat yaratiş maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.
«Şu örinda Xalq taʼlimi vazirligi anʼanaviy taʼlimni töliq tiklanişi uçun barça tizim xodimlarini tezroq vaktsina olişlarini sörab qoladi. Heç qanday eng zamonaviy masofaviy taʼlim tizimi ham bevosita maktabdagi taʼlim örnini bosa olmaydi», deyiladi vazirlik xabarida.









