Xitoylik şifokorlar Özbekistonni tark etdi

Xitoylik şifokorlar Özbekistonni tark etdi

Xitoylik şifokorlar guruhi Özbekistonda missiyasini yakunlab, vataniga qaytib ketişdi. Bu haqda XXRning Özbekistondagi elçixonasi xabar qildi.Kuni keça brifing paytida Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmanov respublikada 10 kundan köproq vaqt davomida xitoylik şifokorlar murakkab epidemiologik vaziyat qayd etilgan viloyatlarga taşrif buyurganini aytdi.

Xitoy şifokorlari koronavirusning oldini oliş, karantin zonalarini quriş, bemorlarni davolaş va boşqa yönalişlar böyiça professional takliflarni berişdi.

Özbekiston şifokorlari uçun öquv kurslar ötkazildi, tajriba va iş uslublari almaşildi. Şuningdek, xitoylik şifokorlar COVID-19 taşxisi qöyilgan bemorlarni körikdan ötkazişdi.

Eslatib ötamiz, 17 aprel kuni Xitoydan Özbekistonda 15 nafar şifokordan iborat guruh taşrif buyurdi. Xitoy va Özbekiston örtasida masofaviy tibbiy maslahatlar tizimi yölga qöyildi. Loyihaga Xitoyning Tszyaansi provintsiyasidagi ikkita yetakçi şifoxona va Özbekistondagi önta klinikalar qöşildi. Loyiha maqsadi şifokorlar örtasida doimiy aloqalarni örnatiş va COVID-19 pandemiyasi davrida mamlakatlar örtasida epidemiyaga qarşi hamkorlikni kuçaytirişdan iborat.

×