Jurnalist Irina Matviyenko ölim tahdidi tufayli Özbekistonni tark etdi

Jurnalist Irina Matviyenko ölim tahdidi tufayli Özbekistonni tark etdi

Özbekistonda zöravonlikka qarşi kuraşuvçi “Sukut saqlama” (“Nemolçi”) loyihasi asosçisi jurnalist Irina Matviyenko ölim tahdidi tufayli mamlakatni tark etişga majbur böldi. Bu haqda u Telegramʼdagi kanalida maʼlum qildi.

Uning qayd etişiça, aprel oyi oxirida unga tahdidli mazmundagi xabar kelgan. Xabarda nomaʼlum şaxs jurnalistni oy oxirigaça öldirişga majbur bölganini yozgan. Şuningdek, nomaʼlum kimsa u haqidagi barça maʼlumotlarni bilişini aytgan.

“Ölim tahdidini olganimdan keyin xatti-harakatlarim özgardi. Men unga kimningdir ahmoq hazilidek munosabatda bölişga harakat qildim, lekin podʼezdga kiriş, koridor böylab ofisga boriş qörqinçli edi. Men turmuş örtoğimdan saytimizning biz işlaydigan qismida çiroq yasaşni, umumiy eşikka qulf osib qöyişni söradim. Yakuniy qarorni ötgan hafta psixolog bilan maşğulotdan söng qabul qildim. Uning sözlariga köra, xabarning uslubi psixopatnikiga öxşaydi. Bu bahorda odatdagidan köra ruhiy kasalliklarning köp kuçayişi mavjud. Bu psixopat meni öldirişi mumkin. Şuning uçun men bir neça haftaga mamlakatni tark etişim kerak deb öyladim”, deb yozgan Matviyenko.

Loyiha rahbarining maʼlum qilişiça, hozirda u Gruziyada bölib, keyinçalik Özbekistonga qaytib keladi.

manba: qalampir.uz

Teglar:
×