Xabaringiz bor, AQŞ va Özbekiston afğon uçuvçilarini joylaştiriş böyiça kelişuvga erişgandi.
Bugun, 13 sentyabr kuni avgust oyining örtalarida samolyot va vertolyotlarda Afğonistondan Özbekistonga uçib kelgan afğon uçuvçilari lagerni tark etişdi.
Afğoniston harbiy havo kuçlari uçuvçilari oilalari bilan birgalikda AQŞ harbiy bazasiga köçiriladi.
Taʼkidlaş joiz, “Tolibon” harakati hukumat tepasiga kelgandan keyin öz yaqinlari bilan harbiy samolyot va vertolyotlarda Özbekistonga qoçgan uçuvçilar haqida bormoqda. Toliblar ularni qaytarişga urinişgandi.
Maʼlumotlarga köra, 585 nafar afğon uçuvçilari, ekipaj aʼzolari va ularning yaqinlari AQŞning Dohadagi harbiy bazasiga uçib ketadi. Biroq keyin ularning Qatardan AQŞga va yoki boşqa joyga ketişi nomaʼlum.
Özbekistonda Afğonistondan kelgan 46 ta samolyot va vertolyot bölib turibdi. “Tolibon” ularni qaytarişni söragan.
“Tolibon” harakati vakili Suhayl Şohin avvalroq uçuvçilarning mamlakatga qaytişlari lozimligini bildirgan. Uning sözlariga köra, Afğonistonning ularga muhtojligi bor.









