Özbekistonda bemorlarning deyarli teng yarimi tuzaldi

Özbekistonda bemorlarning deyarli teng yarimi tuzaldi

Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasidan bir yöla 24 nafar bemor butkul soğaydi. Bu haqda SSV Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi.

Soğayganlarning 20 nafari Toşkent şahridan, Surxondaryo, Farğona, Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 5 nafari Turkiyadan Istambul – Toşkent yönalişida, 4 nafari Rossiyadan Moskva – Toşkent yönalişida çarter reyslar orqali kelişgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 15 nafari koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 11 nafari erkak, 13 nafari ayol. Ular orasida eng yoşi kattasi 65 yoşda bölsa, 11 oylik va 1 yoşli çaqaloqlar ham bor.

Uşbu klinikada şu paytga qadar 63 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 87 nafarga yetdi.

Hozirga qadar mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butkul soğayganlar 958 nafarga yetdi.

Ayni vaqtla şifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni esa 981nafarni taşkil etmoqda.

×