Xuşxabar! Özbekistonda yana 8 nafar bemor tuzaldi (FOTOGALEREYA)

Xuşxabar! Özbekistonda yana 8 nafar bemor tuzaldi (FOTOGALEREYA)

Koronavirus pandemiyasi tufayli jahonda xavotirli vaziyat yuzaga kelganiga qaramay, unga qarşi qatʼiy kuraş çoralari ham öz samarasini bermoqda. Natijada, kasallanganlar soni oşib borişi bilan birgalikda, soğayganlar soni ham ösmoqda. Jons Xopkins universitetining koronavirus tarqalişini real vaqt rejimida kuzatiş onlayn xizmati maʼlumotlariga köra, jahonda 332 mingdan ortiq odamlar uşbu kasallikdan foriğ bölişdi.

Yurtimizda ham koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar orasida butkul soğayganlar soni oşib bormoqda. Bugun ulardan yana 8 nafari kasallikdan foriğ böldi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov va boşqa masʼullar iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Şunday qilib, ayni paytda koronavirus infektsiyasiga çalingan bemordan 38 nafari butkul soğayganini mamnuniyam bilan aytişimiz mumkin. Tuzalganlarning kun sayin köpayib borayotganida esa, avvalambor, şu sohada faoliyat olib borayotgan fidokor tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam. Şifokorlar bemorlarni davolaşda dunyo tajribasi, xususan, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator mamlakatlarning eng nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanişmoqda. Bundan taşqari, Prezidentimiz topşiriğiga köra, har bir bemorga ikki nafardan şu sohada közga köringan tajribali mutaxassislar jalb qilinib, standartlar böyiça davolaş çoralari körilmoqda. 

Şuningdek, şifokorlar bemorlarni davolaş jarayonida mamlakatimizning yetuk pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog, reanimatolog kabi qator mutaxassislar bilan telemuloqot örnatib, ulardan kerakli tavsiyalarni olayotgani ham qöl kelmoqda. Tor mutaxassislar bilan hamkorlik bemorlarning holati yuzasidan maslahatlaşiş, aniq taşxis qöyiş va davolaş imkonini berayapti. 

Yana bir guruh soğaygan bemorlarni kuzatiş marosimida Soğliqni saqlaş vaziri A. Şadmanov fidokor tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib ötamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlarning soğayib ketişlari uçun bor mahoratlarini işga solgan holda qahramonlarça kuraşmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi 

Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×