Navbatdagi kuçli zilzila qayerda sodir bölişi prognoz qilindi

Navbatdagi kuçli zilzila qayerda sodir bölişi prognoz qilindi

Kelgusi beş yil içida yerning seysmik faolligi oşadi.

Sayyoradagi 9 balli silkinişlar örtaça beş-yetti yilda bir marta, 8 ballisi esa yiliga ikki-uç marta sodir böladi. Ammo sönggi tört yil içida yerning seysmik faolligi juda ham ekstremal darajada yuqori emas. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining geofizika xizmati direktori texnika fanlari doktori Yuriy Vinogradov maʼlum qilgan.

«Oxirgi 30-40 yillik örtaça körsatkiçdan kelib çiqilsa, kelgusi beş yil zilzilalar çastotasi mazkur örtaça körsatkiçdan biroz yuqoriroq bölişiga işoniş uçun asoslar yetarli, demak, mos ravişda zilzilalar soni köpayadi», deydi ekspert.

Olimlar eng köp seysmik faol joyni ayta olmaydilar. Biroq, dunyodagi seysmik xavfli zonalar maʼlum va u yerda har doim bunga tayyor turiş kerak. Rossiyada bu hududlar Kamçatka, Kuril, Saxalin, Baykal, Oltoy-Sayan ölkasi va Kavkaz toğliklariga töğri keladi.

Niderland seysmoligi Frank Hugerbits esa sunʼiy yöldoş dasturiy mahsulotlari va sezilar sezilmas astronomik özgarişlarning çuqur tahlillari asosida kelgusida 7.5 magnitudalik kuçli zilzila öçoği Hindiston, Afğoniston va Pokiston hududlaridan birida kuzatilişini prognoz qilgan.

Uşbu olimning Turkiyadagi kuçli zilzila haqidagi prognozi özini oqlagani uçun köpçilik uning kutilmalariga eʼtibor qaratmoqda.


Teglar:
×