2022 yilda dollar kursi qançaga kötarilişi prognoz qilindi

2022 yilda dollar kursi qançaga kötarilişi prognoz qilindi

2022 yilda dollarning örtaça kursi 11 321 söm bölişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti töğrisida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uçun byudjetnoma böyiça bergan xulosasida aytib ötilgan.

Prognozlarga köra, Strategik mahsulotlarning narxlari:

•    1 troya untsiya oltin narxi - 1 700 AQŞ dollari;
•    kumuşning narxi - 25 AQŞ dollari;
•    misning 1 tonnasiga 8 500 AQŞ dollari;
•    1000 m3 tabiiy gazning eksport narxi – 100 AQŞ dollari.

Prognozlarda valyuta kursidagi kutilayotgan özgarişlar inobatga olingan.

Maʼlumot uçun, bugun, 11 noyabr kuni Özbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan dollar kursi 10 715 sömga teng.

×