2021 va 2022 yillarda Özbekiston iqtisodiyotining ösişi mos ravişda 4,3 foiz va 4,5 foizga yetadi. Bu haqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida aytilgan.
Hisobotda taʼkidlanişiça, 2020 yilda Özbekiston YAIM ösişi 0,6 foizni taşkil etgan.
Markaziy Osiyoda bu yil iqtisodiy ösiş 3 foizgaça kötarilişi kutilmoqda, bunga xomaşyo narxi va töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning möʼtadil oşişi taʼsir körsatadi, sababi mintaqa Xitoyning «Bir makon — bir yöl» taşabbusida faollaşmoqda.
Bank mutaxassislari vaziyatda salbiy özgarişlar xavfi «ustun» ekanini taʼkidlagan. «Mintaqadagi iqtisodiy ösişning istiqbollari sönggi paytlarda baʼzi mamlakatlarda ijtimoiy notinçlikka, şuningdek, geosiyosiy ziddiyatlarning kuçayiş xavfiga sabab bölgan COVID-19 bilan kasallanişning ortişi böyiça noaniqlikka ega. Yevropa va Markaziy Osiyoda COVID-19 bilan kasallanişning köpayişi çeklovlarning kuçayişiga hamda uy xöjaliklari va kompaniyalarning keskin reaktsiyasiga olib kelişi mumkin», deyiladi hisobotda.
Jahon banki hisobotida taʼkidlaşiça, jahon iqtisodiyoti 2021 yilda 4 foizga ösişi kutilmoqda, bu COVID-19 vaktsinalaridan foydalaniş kelgusi yil davomida keng miqyosda davom etişi şaroitida amalga oşadi. Ammo, ijro etuvçi organlar pandemiyani töxtatiş va investitsiyalar oşişiga olib keladigan islohotlarni amalga oşiriş böyiça qatʼiy çoralar körmasa, tiklaniş jarayoni sust keçadi.
Endigina rivojlangan iqtisodiyotlarda boşlangan tiklaniş jarayoni uçinçi çorakda kasallaniş darajasining yangi öçoqlari paydo bölganidan keyin sekinlaşdi, bu iqtisodiy tiklaniş sekin va qiyin bölişini anglatadi. 2020 yilda 3,6 foizga qisqarganligi prognoz qilingan AQŞ YAIM 2021 yilda 3,5 foizga ösişi kutilmoqda. Yevropadagi işlab çiqariş hajmi 2020 yilda 7,4 foizga pasayganidan söng, 2021 yilda 3,6 foizga ösişi kutilmoqda. Ötgan yili 5,3 foizga pasayiş kuzatilgan Yaponiyada iqtisodiy faollik 2021 yilda 2,5 foizga ösişi kutilmoqda.
Şakllanayotgan bozor va rivojlanayotgan mamlakatlarning, şu jumladan Xitoyning yalpi içki mahsuloti, 2020 yilda 2,6 foizga qisqargandan söng, 2021 yilda 5 foizga ösişi kutilmoqda. Ötgan yili 2 foiz ösgan Xitoy iqtisodiyoti bu yil 7,9 foizga ösişi kutilmoqda. Xitoyni hisobga olmaganda, şakllanayotgan bozor va rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy ösişi 2020 yilda 5 foizga qisqargandan söng, 2021 yilda 3,4 foizga ösişi taxmin qilinmoqda. Kam daromadli mamlakatlarda iqtisodiy faollik 2021 yilda 3,3 foizga ösişi prognoz qilingan, 2020 yilda bu körsatkiç 0,9 foizga pasaygan.









