Ramazon aytib keldik eşigingizga...

Ramazon aytib keldik eşigingizga...

«Xuş kelibsan, mohi Ramazon... «Ramazon aytib keldik eşigingizga...» Şu sözlar bilan boşlanuvçi qöşiq barçamizga bolaligimizni eslatişi tabiiy. Çunki unda bolalik davrimizning ramazon oyi bilan boğliq quvonçlari, zavqu şavqlari bor. Biroq, bugunga kelib… Iftorlik dasturxoniga ötirgandan eşik qönğiroği jiringlab, bolalarning ovozi eşitiladi: «Ramazon aytib keldik...» Özing va oilangga ravo körgan eng yaxşi şirinliklarni bolalarga ham ilinib eşikni oçasan. Lekin ular qölingga qaraşadi-yu, yuzlaridan hafsalalari pir bölgani körinadi. Qöşiqning oxiriga zör berişadi: «Çiqara qoling, ming söm pul!..» Bu esa köngilga oğir botadi. Tuşunasanki, bolalar «Ramazon aytib keldik...»ni faqat pul yiğiş uçungina aytişyapti. Ularga faqat pul kerak... Orqalaridan tuşuniksiz kayfiyatda eşikni yopasan. Lekin yana heç qança ötmay eşik taqillaydi. Oçasan, yana bir guruh «ramazonçilar». Şirinliklaring yana «muztar» bölişini xohlamaysan, lekin pul berging ham kelmaydi. Yöq, qizğonganingdan emas, bolalarning holiga, ularning holidan bexabar ota-onalarga açinganingdan berişni istamaysan... Aslida, ramazon rözasi va bu oy bilan boğliq urf-odatlar milliy qadriyatlarga aylanib, turmuş tarzimizga singib ketgan. Ramazon qöşiqlari ham şunday. Lekin bir haqiqatni tan oliş kerak — keyingi paytda ramazon qöşiğini aytiş tilançilikning yangi körinişiga aylanib qolgandek. Bu sözlarim bilan aslo qöşiqni töxtatiş, bolalarni uni aytişdan qaytariş kerak, demoqçi emasman. Zotan, ramazon qöşiği — qadriyatimiz. Qadriyatlarimizning qimmatini esa ularni qay darajada qadrlaşimiz belgilaydi. Yuqoridagi holatlarda bolalarni ayblaş noörin. Çunki ularda biror salbiy odatning şakllanişida «eng katta kömakçi» — ota-onalarning, kattalarning eʼtiborsizligi. Sözim söngida aytmoqçi bölganim, eng avvalo, özimiz qadriyatlarimizning mohiyatiga yetib qadrlaylik. Farzandlarimizga ham şu asosda tarbiya beraylikki, biz bolaligimizda his qilgan zavqlardan bebahra qolişmasin. «Ramazon aytib keldik...» qöşiği ularning pokiza tasavvurlariga, xuddi bizda bölganidek, saxovat, ezgulik ulaşuvçi qöşiq bölib örnaşsin. Maqolada aytilganidek, bu bilan farzandlarimiz dinimizning bir farz amali — röza tutişga ham ruhan, ham jisman tayyorgarlik köriş saboğini olişsin. Murğak qalblarda ramazon oyiga bölgan yuksak hurmat, unga intiqlik hislari qaror topsin.

Teglar:
×