Zöravonlikka uçragan yoş qiz “Repost” muhbiriga aononim tarixini aytib berdi.
Gulnoza (ismi özgartirilgan)
Men 6 yoşligimda otam vafot etgan. Bir ikki yildan söng onam öziga boşqa erkak topdi va qayta turmuşga çiqdi. Dastlab hammasi yaxşi edi: u öyinçoqlar, şirinliklar berar edi, ğamxörlik qilardi. Men 10 yoşga tölganimda ögay otam meni zörladi.
Birinçi marta
Öşa kuni onam tungi smenada işlaş uçun ketgan edi. U şifokor bölib işlaydi va şu sababdan u tez-tezdan uyda bölmaydi.
Men uxlayotganimda ögay otam xonaga kirib, ustimdagi odeyalni oldi va men uyğonib kettim. Keyin u mening kiyimlarimni yeçib, tegajonlik qilişni boşladi. Dastlab u şunçaki menga yaqinlaşdi keyin oğriqni his qilib huşimni yöqottim.
Uyğonganimda hammasi tugagan edi va u hammasi yaxşi deb takror-takror aytaverdi. Men hali yoş edim va u menga şilqimlik qilganini tuşinmapman öşanda. U şundan keyin bu haqda kimgadir aytib bersam onamda muammolar bölişi mumkinligi bilan qörqitdi.
Onam işonmadi
Bunday holat bir neça oylarda bir marta takrorlanib turar edi va har doim u özida bölmas (mast) edi. U şunçaki kelardi, kiyimlarimni yeçib zörlardi. Juda oğriqli bölardi, men baqirardim, lekin xonada menimça ovoz ötkazmaslik yuqori darajada edi, yoki hammaga farqi yöq edi. Har doim u onamda muammolar bölişi bilan yoki uydan haydab yuboriş, öldiriş bilan qörqitardi va şuning uçun men jim yurardim.
Lekin bir kuni men onamga aytib berişga ahd qildim. Men öşanda 15 yoş edim. U işonmadi, vahima kötarib meni yolğonçiga çiqardi. Ögay otam esa ularni uruştirib qöymoqçi ekanligimni aytib tuxmat ham qildi. Men bu holatlarni boşimdan juda oğriqli ötkazdim, atrofdagilardan uzoqlaşdim. Yoşim ulğaygan sayin unga qarşi tura oladigan böldim. Uyda yolğiz paytim esa undan qoçişga urinardim.
Yoşim 18 ga tölgandan keyin men uydan kettim. Hozir ruhşunosga boryapman, sababi bir neça marta jonimga qasd qilmoqçi böldim. Men boşqa inson bilan munosabat örnata olmayapman. Meni döstlarim qöllab-quvvatlab turişibdi. Ular bölmaganda men allaqaçon bu dunyoda bölmagan bölar edim. Lekin men hali hanuz uşbu muammolardan qanday qutiliş mumkinligini bilmayapman.
manba: evreday.uz









