Din işlari böyiça qömita Umradan foyda körmasligini aytib, blogerlarga nasihat qildi

Din işlari böyiça qömita Umradan foyda körmasligini aytib, blogerlarga nasihat qildi

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita ijtimoiy tarmoqlarda qator sayyohlik firmalari tomonidan muqaddas Umra ziyoratini taşkil qiliş böyiça turli reklamalar köpayib borayotganini tanqid qildi.

Qömitaning maʼlum qilişiça, “ayrim eʼlon qilinayotgan “buyurtma” maqolalarda Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi şaʼniga turliça tuhmatlar yoğdirilmoqda“.

Şu sababli qömita tarqatilayotgan maʼlumotlarga quyidagiça munosabat bildirdi:

“Haj ziyorati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita va Saudiya Arabistoni Podşohligining Haj va umra vazirligi örtasida har yili imzolanadigan şartnoma asosida amalga oşiriladi. Umra ziyorati Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi Haj va umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça jamoatçilik kengaşini taşkil etiş töğrisida”gi 2006 yil 28 avgustdagi PF-3793-sonli Farmoni bilan taşkil qilingan Jamoatçilik kengaşi bilan kelişgan holda Özbekiston musulmonlari idorasi va uning Saudiya Arabistonidagi hamkor taşkiloti örtasida imzolanadigan şartnomaga muvofiq amalga oşiriladi.

Şuni alohida qayd etiş kerakki, Din işlari böyiça qömita yoki Özbekiston musulmonlari idorasi Umra va haj tadbirlaridan iqtisodiy manfaat körmaydi,“- deyiladi xabarda.

Hozirda Umra tadbirlari yil davomida kvotasiz amalga oşirilişi belgilanib, 2018 yil 28 oktyabrdan boşlab haftasiga 3 ta reys, 2019 yilning 1 aprel kunidan eʼtiboran haftasiga 7 ta reys asosida Umra safariga fuqarolarimiz yuborilmoqda.

Qömitaning aytişiça, diniy ziyoratlarni taşkil etişga vakolati va diniy sohaga aloqasi bölmagan “örtakaşlar” uşbu amaliyot bilan şuğullana boşlagan. Sababi, uşbu faoliyat sezilarli moliyaviy investitsiyani talab etmaydi, bu soha reklamaga muhtoj emas va muntazam daromad manbayini taşkil etadi. Şuning uçun ham ayrimlar göyoki xalqimiz uçun xizmat qiliş daʼvosida öz manfaatini öylab, Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasiga “monopoliya”da ayblab toş otmoqda...

Xabarda aytilişiça, baʼzi mahalliy tur agentlar va tijoratçilar tomonidan Özbekiston fuqarolariga Saudiyaning turizm vizalarini qalbakilaştiriş holatlari ham köpayib ketganligi töğrisida rasmiy nota olingan. Şuningdek, Saudiya çegara xizmati tomonidan 400 dan oşiq Özbekiston fuqarolari deportatsiya qilingan.

Şuningdek, qömita "şovvoz bloger"larga ham nasihat qildi:

“Iltimos, diniy ibodat masalasida xalqimizni çalğitmang hamda davlat organlari va masʼul idoralarni asossiz ayblaşdan tiyiling. Umra ibodatini taşkil etiş masalasida hukumat va mutasaddi idoralarni asossiz ayblab, muborak ibodatni sayohat va tijoratga aylantirayotgan, öz çöntagini qappaytiriş ilinjida, fuqarolarimizning işonçiga kirib, ulardan moddiy manfaat orttiriş maqsadida yurganlarga xizmat qiluvçi bölib qolmang!“

×