Prezident topşiriği bilan “Özbekneftgaz”da “Kuçaytirilgan iş rejimi” taşkil qilindi

Prezident topşiriği bilan “Özbekneftgaz”da “Kuçaytirilgan iş rejimi” taşkil qilindi

Bunda isteʼmolçilarni tabiiy gaz, benzin va dizel yonilğilari bilan taʼminlaşda uzilişlarni oldini oliş çoralari köriladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 30 dekabr kuni ötkazilgan selektor yiğilişida berilgan topşiriqlarning ijrosini taʼminlaş uçun “Özbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi taşkilotlarda “Kuçaytirilgan iş rejimi” taşkil etildi.

Qiş mavsumida hamda bayram kunlari aholi, sanoat va xalq xöjaligi isteʼmolçilarini tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yonilğilari bilan taʼminlaşda uzilişlarni oldini oliş, barça qazib çiqariş, qayta işlaş, işlab çiqariş korxonalarining bir maromda işlaşini navbatçilar töliq monitoring qilib borişadi.

Şu bois, “Özbekneftgaz” AJ tasarrufdagi barça korxona va taşkilotlarda işlab-çiqariş jarayonlarining bir maromda işlaşini taʼminlaş hamda uzulişlarni oldini oliş maqsadida 2022 yilning 1-15 yanvar kunlari “Kuçaytirilgan iş rejimi” taşkil qilinişi belgilandi.

Ayni uşbu kunlarda Jamiyat tasarrufdagi barça korxona va taşkilot rahbarlari masʼulligida 2022 yilning 1-15 yanvar kunlari keçayu-kunduz navbatçilik taşkil etiladi.

Barça korxonalarning birinçi rahbarlari “Kuçaytirilgan iş rejimi” doirasida şaxsan iş joyida bölib, işlab çiqariş jarayonlarini uzluksizligini taʼminlaydi.


Öz navbatida aholi talablarini inobatga olgan holda, “Buxoro neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ va “Neft bazalari” MÇJlari tomonidan aholi, sanoat va halq xöjaligi isteʼmolçilaring sifatli benzin, dizel yonilğisi, neft mahsulotlari  bilan taʼminlaşda uziliş va tanqisliklarga yöl qöymaslik çoralari köriladi.

“UNG-Petro” MÇJ, “Çinobod neft bazasi” va “Kuçlik neft bazasi” rahbarlarining şaxsan nazorati ostida isteʼmolçilarni benzin va dizel yonilğisi bilan keçayu-kunduz taʼminlaş, narxlarning sunʼiy ravişda ösişini oldini oliş çoralarini körgan holda AYOQŞlarda tungi “reyd”lar taşkil etiladi.

×