Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida gaz hamda elektr taʼminoti hajmi oşirilişi mumkin

Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida gaz hamda elektr taʼminoti hajmi oşirilişi mumkin

Energetika vazirligi matbuot xizmati maxsus ştab isteʼmolçilarni 2020—2021 yillarda kuz-qiş mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda kömir mahsulotlari bilan taʼminlaş işlarini tahlil qiliş maqsadida Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida bölganini xabar qildi.

Xabarda 2020—2021 yillar kuz-qiş mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib beriş hajmi haqidagi maʼlumot ham keltirib ötilgan.

Unga köra,

  • Andijon viloyati isteʼmolçilari uçun tabiiy gaz 5,4 foizga, suyultirilgan gaz 70,8 foizga va elektr energiyasi 10,5 foizga;
  • Farğona viloyati isteʼmolçilariga tabiiy gaz 16,4 foizga, suyultirilgan gaz 48,6 foizga, elektr energiyasi 11,2 foizga;
  • Namangan viloyati isteʼmolçilariga tabiiy gaz 23,6 foizga, suyultirilgan gaz 52 foizga va elektr energiyasi 10,8 foizga oşiriladi.

Energetika vazirligining xabarida vodiy viloyatlarida elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va tabiiy gaz bilan aholining umumiy taʼminlanganlik darajasi haqidagi tumanlar kesimidagi axborot berilmagan. Foiz körsatkiçida uşbu özgarişlardan keyin aholining energetika resurslari bilan taʼminlanganlik darajasi qanday bölişi haqida maʼlumot yöq.

×