Namangan “Pekin” tibbiyot markazi binosi nomaʼlum şaxslar tomonidan hujum qilindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
24 mart kuni soat 03:40 da nomaʼlum şaxslar Namangan şahar Qadamjoy MFY.,da joylaşgan “Pekin” tibbiyot markazi binosiga yuzlariga qora rangli tibbiyot niqobi taqib kirib, binoning ikkinçi qavatidagi yotoqxonada uxlab yotgan şu markazda şifokor bölib işlovçi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari WU YUJI va WU ZHILIN xamda uşbu markazda tarjimon bölib işlovçi Yahyoxon U.,ni urib, qöl va oyoqlarini skotç bilan boğlab, yotoqxonadagi tumboçka qulfini buzib 10 ming AQŞ dollari, 100 million söm pul mablağlari hamda ikki dona “Huawei” va “Redmi 8” rusumli uyali telefon apparatlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritib hodisa joyidan yaşiringanlar.
Manba: IIV.UZ









