Keça, 22 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida aholi bandligini taʼminlaş va daromadi keskin kamayişining oldini oliş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda servis sohasini rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Hozirgi kunda umumiy ovqatlaniş tarmoğida 13 ming, savdoda 45 ming, xizmat körsatişda 19 ming, transportda 7 ming korxona faoliyatini töxtatgan yoki tuşumlari keskin kamaygan.
Vaholanki, karantin şaroitida ham oziq-ovqatlar va tovarlarni yetkazib beriş, köçma savdo va xizmatlarni taşkil etiş orqali bu korxonalarning kamida 70 foizini işlatiş mumkin.
Şu bilan birga, karantin talablariga qatʼiy amal qilgan holda, tölovlarni qabul qiliş, suğurta, mikrokredit xizmatlarini ham yölga qöysa böladi.
Şulardan kelib çiqib, Respublika maxsus komissiyasiga yetkazib beriş xizmatini yölga qöygan tadbirkorlik subʼektlari faoliyati uçun şaroit yaratiş böyiça topşiriq berildi.
Ötgan yil sentyabrdan boşlab özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomasi beriş boşlangan bölsa-da, bu hali yetarli darajada samara bermayapti.
Şu bois özini özi band qilgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş, ularning qonuniy faoliyat yuritişi uçun qulay va sodda huquqiy tizim yaratiş zarurligi taʼkidlandi.

Hozirda bunday kişilarga 85 ta faoliyat turi bilan şuğullanişga ruxsat berilgan. Yiğilişda bu röyxatni kengaytiriş, qonunçilikda taqiqlanmagan barça tadbirkorlik turlariga ruxsat beriş kerakligi aytildi. Özini özi band qilgan odamlar faqat xabardor qiliş orqali röyxatdan ötib işlaydigan mexanizm joriy etiladi.
Yurtimizda hunarmandçilik yaxşi anʼanalarga va ulkan salohiyatga ega. Bugungi kunda 25 mingdan ziyod usta, şogirdlari bilan qöşib aytganda jami 80 mingga yaqin oila şu sohadan daromad topmoqda.
Yiğilişda masofaviy öquv kurslar taşkil etib, yoşlar va ayollarga hunar örgatiş, öz maktabiga ega hunarmand ustalar tajribasini televideniye orqali ommalaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.
“Hunarmand” uyuşmasi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga hunarmandçilik mahsulotlarini Özbekiston milliy brendi ostida xorijda sotişni taʼminlovçi onlayn platforma yaratiş vazifasi yuklatildi.
Bugungi kunda köplab yoşlar uyida ötirib, internet orqali dizaynerlik, tarjimonlik, dasturlaş, reklama, repetitorlik kabi xizmatlar körsatmoqda. Lekin bunday mutaxassislar, yaʼni frilanserlar uçun masofadan hisob raqami oçiş, poçta, tölovlarni qabul qilişda qator tösiqlar mavjud. Oqibatda uşbu faoliyat bilan şuğullanuvçilarning xarajatlari 2-3 barobar oşib ketmoqda.
Şu bois mutasaddilarga bunday faoliyat turlari uçun imtiyoz va preferentsiyalar beriş, yoşlarni internetdan foydalanib, aqliy mehnat orqali daromad topişga örgatiş, sohani rivojlantiriş uçun xorijda ommabop bölgan tölov tizimlarini yölga qöyiş böyiça topşiriqlar berildi.
Videoselektor yiğilişida soha mutasaddilari va hokimlar belgilangan körsatkiçlarni bajariş rejalari yuzasidan axborot berdi.









